- Bosh sahifa
- Yangiliklar
25.11.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yangi avlod» sanoat zonasida Noritsuisu kompaniyasi mahsulotlari bilan tanishdi.
23-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yangi hayot tumanida qurilayotgan "Yangi avlod" maxsus sanoat zonasiga tashrif buyurdi. Ushbu hududda umumiy qiymati 1 milliard 375 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 47 ta loyiha amalga oshirilishi va qariyb 12 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Davlat rahbarining tashrifi chog‘ida bir qator yirik investitsiya loyihalari taqdim etildi. Xususan, Yaponiya kompaniyasi Noritsuisu tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha haqida ma’lumot berildi. Ushbu loyiha doirasida O‘zbekistonda xalqaro standartlarga mos, yuqori sifatli ofis mebellari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Jarayonda yuqori texnologik uskunalar va Yaponiyadan jalb qilingan mutaxassislar ishtirok etadi. Loyihada 100 ta doimiy ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, sanoat zonasida transport-logistika markazi, ilmiy-tadqiqot va o‘quv markazlari, shuningdek, savdo maydonchalari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
https://president.uz/ru/lists/view/7727
