24 soat ichida yetkazib berish

Noritsuisu kompaniyasi Zomin tumanida bo‘lib o‘tgan Xalqaro biznes-forumda ishtirok etdi.

25.04.2025

Noritsuisu kompaniyasi Zomin tumanida bo‘lib o‘tgan Xalqaro biznes-forumda ishtirok etdi.

2025-yil 23–24-aprel kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida nufuzli xalqaro biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Forumda Yaponiyaning Noritsuisu kompaniyasi prezidenti janob Shogo Aoki ishtirok etdi. U Yaponiyaning tajribasini O‘zbekiston bozoriga joriy etish jarayonini taqdim etdi. Jumladan, yapon sifatiga ega ofis mebellarini mahalliylashtirish, ichki bozorni yuqori sifatli mahsulot bilan ta’minlash va qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish rejalari haqida ma’lumot berdi.

Forum doirasida O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida 30 dan ortiq hamkor mamlakatlardan 200 dan ziyod kompaniya rahbarlari ishtirok etdi. Bundan tashqari, tadbirda Toshkentda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ham faol qatnashdilar.

https://gov.uz/oz/mfa/news/view/47313

Ulashish